Ayni daqiqalarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda…

"Iqlim o‘zgarishiga moslashishda ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalaridagi dolzarb muammolar hamda ularning innovatsion yechimlari" mavzusidagi Xalqaro ilmiy-texnik konferensiya o'tkazilmoqda.
Dastlab anjuman ishtirokchilari institut ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida bu yerda tashkil etilgan muzeyda bo'lishdi, shuningdek, laboratoriyalarda olib borilayotgan ilmiy-tajribalar, innovatsion loyihalar hamda ilmiy xodimlar uchun yaratilgan munosib shart-sharoitlarni ko'zdan kechirishdi.
Anjumanda o'ndan ortiq xorijdan kelgan olimlar, agrar soha vakillari, agronomlar va seleksionerlar, ilmiy tadqiqotchilar, talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube