Ayni daqiqalarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida “Sabzavotchilikning global muammolarini…

zamonaviy innovatsion ilmiy yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlandi.
Konferensiya institut direktori vazifasini bajaruvchi Bahodir Ibrohimovning kirish so‘zi bilan ochildi. U o‘z nutqida anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsadlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda mahalliy va xorijiy olimlar, soha mutaxassislari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.
Anjumanda global iqlim o‘zgarishi sharoitida sabzavotchilikni rivojlantirish, ilmiy yutuqlar, mavjud muammolar va ularning innovatsion yechimlari muhokama qilinmoqda.
Batafsil tafsilotlar bilan keyingi chiqishlarimizda tanishtirib boramiz.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube