Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ayni daqiqalarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida “Iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Germaniya–O‘zbekiston ekspertlar muloqoti” boshlandi.

Ayni daqiqalarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida “Iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Germaniya–O‘zbekiston ekspertlar muloqoti” boshlandi.
Tadbirni Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida innovatsion agrotexnologiyalar yaratish, yuqori avlodli urug‘liklar yetishtirish, iqlimga chidamli navlarni yaratish bugungi kun agrar soha olimlari va mutaxassislari oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri ekanini ta’kidladi. Shu munosabat bilan, ushbu seminar-treninglar bunday muammolarga yechim topishda, ilmiy va amaliy tajriba almashishda o‘ziga xos platforma vazifasini o‘tayotganini qayd etdi. Tadbirda ikki mamlakatning qishloq xo‘jaligi sohasidagi yetakchi mutaxassislari, olimlar va ekspertlar ishtirok etmoqda. Muloqot doirasida iqlim o‘zgarishi sharoitida barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, innovatsion yondashuvlar va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilinadi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.