Ayni daqiqalarda Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari direktor o‘rinbosarlari hamda laboratoriya…

mudirlari, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi mutaxassislari uchun malaka oshirish kursi boshlandi.
Maqsad, qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, shuningdek, rahbar va mutaxassislarning kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.
Kurs dasturi doirasida zamonaviy agrotexnologiyalar, ilmiy loyihalarni boshqarish, innovatsiyalarni tijoratlashtirish, laboratoriya faoliyatini samarali tashkil etish, raqamli yechimlar hamda xalqaro tajribalar bo‘yicha ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube