Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ayni paytda Toshkent davlat agrar universitetida “Yangi O‘zbekiston­da kitobga mehr — kutubxonachiga hurmat” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni paytda Toshkent davlat agrar universitetida “Yangi O‘zbekiston­da kitobga mehr — kutubxonachiga hurmat” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
Anjumanda tizimdagi oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari kutubxonachilari, olimlar va talabalar ishtirok etmoqda. Tadbir Qishloq xo‘jaligi vazirining maslahatchisi Eshmirza Abudualimovning kirish so‘zi bilan boshlandi. U anjuman ishtirokchilariga Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning tabrigini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov so‘zga chiqib, ixtisoslashgan ilmiy adabiyotlardan foydalanishning bugungi ahamiyati hamda bunday manbalarni agrar sohani rivojlantirishdagi o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Anjumanda axborot-kutubxona faoliyatini takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilinmoqda. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.