Ayollarga ehtirom ko'rsatildi

"8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, akademik Sh. Namazov Milliy markaz tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlarni samimiy muborakbod etdi.
Bayram munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ilm-fan, qishloq xo‘jaligi va innovatsion faoliyatni rivojlantirishdagi hissasi alohida e’tirof etildi.
"Ayollarning nafaqat ilmiy va ishlab chiqarish jarayonlarida, balki jamiyatda mehr-oqibat, ezgulik va baraka muhitini mustahkamlashdagi o‘rni beqiyos, ularning mehnati, sabr-toqati, matonati va samimiyligi har qanday jamoaning rivoji hamda yutuqlarida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda"
deya ta'kidladi Sh.Namazov.
Tadbir davomida Milliy markaz tizimida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh xotin-qizlarga bayram tabriklari yo‘llanib, ularga chuqur minnatdorlik bildirildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Muhtarama va aziz ayollar!
Sizlarni bahorning eng go‘zal ayyomi — 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan yana bir bor chin qalbdan muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik, cheksiz quvonch va kelgusidagi faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube