Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Aziz ustoz va murabbiylar!

Aziz ustoz va murabbiylar!
Sizlarni 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin dildan muborakbod etaman. Bu kun har birimiz uchun aziz, chunki oʻqituvchining hayotimizdagi oʻrni beqiyos. Sizlar sabr-toqat va mehr bilan bilim beribgina qolmay, toʻgʻri yoʻl koʻrsatasiz, hayot saboqlarini oʻrgatasiz, qalbimizga ishonch va orzu-umid baxsh etasiz. Sizlarning fidoyiligingiz tufayli yurtimizda bilimli, vatanparvar va tashabbuskor yoshlar voyaga yetmoqda. Ayniqsa, qishloq xoʻjaligi sohasida ta'lim berayotgan oʻqituvchilarimiz — ilmiy izlanishlar va taʼlimda yosh avlodga oʻz tajribasini mehr bilan oʻrgatayotgan olimu mutaxassislarimizga chuqur minnatdorlik bildiraman. Sizlarning saʼy-harakatlaringiz tufayli yurtimiz agrar sohasida yangiliklar, ilm-fan va amaliyot uygʻunligi kundan-kunga yuksalib bormoqda. Sizlarga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt va sharafli faoliyatingizda omad tilayman. Hurmat bilan, Shodmon Namozov Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, akademik

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.