Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Aziz yurtdoshlar, agrar soha ilm-fanining fidoyilari va bobodehqonlar!

Aziz yurtdoshlar, agrar soha ilm-fanining fidoyilari va bobodehqonlar!
Quyosh hamal burjiga kirayotgan ayni kezlarda jonajon yurtimizga Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Navro‘z – bu yangi kun demak! Bu kunni xalqimiz qadim zamonlardan buyon yasharish, yangilanish, mehr-muruvvat bayrami sifatida nishonlaydi. Ushbu qutlug‘ kunda nuroniy onaxonlarimiz boshchiligida sumalak qaynayotgan doshqozonlar atrofida, xalq sayillarida bo‘lib o‘tadigan kurashchi polvonlarimizning bellashuvlarida qilingan duolar doim ijobat bo‘lgan. Yangi kunning xayr-u barokati esa qishi bo‘yi xamirdek ko‘pchib yetilgan tuproqqa bobodehqon qadagan baraka urug‘idadir. Shu kunlarda ko‘kdan tushayotgan obirahmat tomchilari-yu quyoshning zarrin nurlari taftida yashillikka burkanayotgan kengliklar, har bir novdasida g‘unchalari bodrab gullayotgan o‘rikzor bog‘larning tarovati bu yilgi dehqonchilikni yanada barakali bo‘lishidan darak berayotgandek, go‘yo. Yaratgan yangi dehqonchilik yilini barokatli qilsin, nurini, durini ayamasin, ilohim! Fursatdan foydalanib, Siz aziz bobodehqonlarimiz, mirishkorlarimiz va agrar soha ilm-fanining fidoyisi bo‘lgan olimlarimizni go‘zallik va nafosat, yasharish va yangilanish, mehr va oqibat bayrami – Navro‘z bilan samimiy tabriklayman. Fasli navbahor har bir oila, har bir mahallaga, el-u yurtimizga tinchlik va farovonlik, baxt-u saodat olib kelsin! Shuhrat Otajonov Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.