Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Aziz yurtdoshlar, hurmatli qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari, qadrli olimlar!

Aziz yurtdoshlar, hurmatli qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari, qadrli olimlar!
Bugun yerga mehr, mehnatga sadoqat va ilmga tayangan ulkan soha vakillarining bayrami — Qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini keng nishonlamoqdamiz. Bu qutlug‘ sana dehqon va fermerlar bilan bir qatorda, qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda rivojlantirayotgan agrar soha olimlari, mutaxassislar va tadqiqotchilar uchun ham yuksak e’tirof kunidir. Ayniqsa, joriy yilda qishloq xo‘jaligida qo‘lga kiritilgan misli ko‘rilmagan natijalar ortida amaliy tajriba bilan birga ilmiy izlanishlar, yangi ishlanmalar va innovatsion yechimlar turganini alohida ta’kidlash joiz. Nav yaratish, agrotexnologiyalarni takomillashtirish, hosildorlikni oshirish, resurslardan oqilona foydalanishda soha olimlarining munosib hissasi borligi bugun barchamizga yaxshi ma’lum. Bugun qishloq xo‘jaligi faqat daladagi mehnat emas, balki laboratoriya, ilmiy tajriba maydonlari va tahliliy yondashuvlar uyg‘unligida rivojlanayotgan strategik tarmoqqa aylandi. Ilm-fan va amaliyot birlashgan joyda esa barqaror o‘sish va yuqori samaradorlik bo‘ladi. Ishonch bilan aytish mumkinki, sizlarning bilim, izlanish va fidokorona mehnatingiz qishloq xo‘jaligining ertangi kunini belgilaydi. Yerga berilgan har bir ilmiy yechim, har bir innovatsiya kelgusida yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi. Shu qutlug‘ bayram munosabati bilan qishloq xo‘jaligi sohasida sidqidildan mehnat qilayotgan barcha yurtdoshlarimizni, jumladan agrar soha olimlarini samimiy tabriklab, sizlarga mustahkam sog‘liq, yangi ilmiy yutuqlar, mehnatingizga doimiy e’tirof va xonadonlaringizga baraka tilayman. Bayram muborak bo‘lsin! Shodmon Namozov Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, akademik Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.