Aziz yurtdoshlar, qishloq xo‘jaligi sohasi fidoyilari! Qadri baland mirishkor-u hurmatli olim va ziyolilar!

Sizlarni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz mohiyatiga chuqur singdirilgan demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat hamda insonparvarlik tamoyillarini ta’minlash bo‘yicha mamlakatimizda tizimli va ortga qaytmaydigan demokratik islohotlar amalga oshirilmoqda.
Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida erishgan ijobiy natijalarimiz biz ko‘zlayotgan ulug‘vor maqsadlar yo‘lidagi dastlabki qadamlar ekanini yaxshi tushunamiz. Bu borada hali oldimizda ulkan vazifalar turibdi.
Xalqimiz hayotini yanada obod va farovon qilish davlatimiz va jamiyatimizning bosh vazifasidir.
Mana shunday ezgu va sharafli maqsad yo‘lida keksayu yosh barcha vatandoshlarimiz bir tanu bir jon bo‘lib harakat qiladilar, yangi O‘zbekiston bunyodkori bo‘lib maydonga chiqadilar, deb ishonamiz.
Sizlarni Konstitutsiya kuni bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, shaxsiy va ijtimoiy hayotda katta muvaffaqiyatlar tilayman.
O‘zbekiston Respulikasi
Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik
Ibrohim Abdurahmonov
Website Telegram Facebook YouTube Instagram