Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb
Yangiliklar

Bahorgi bug'doyning nav namunalari ustida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda

Bahorgi bug'doyning nav namunalari ustida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda

Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Boshoqli don ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasida boshoqli don ekinlarining bahorgi nav va namunalari kolleksiya ko‘chatzoriga ekilmoqda.

Seleksiya jarayonida turli geografik hududlardan keltirilgan nav va namunalar boshlang‘ich genetik manba sifatida baholanib, ulardan istiqbolli ota-ona shakllari tanlab olinmoqda.

Ushbu jarayonlar qurg‘oqchilikka, issiqqa va sho‘rlanishga chidamli, serhosildor yangi navlarni yaratish imkonini beradi.

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.