Baliqchilikda naslni yangilash, hosildorlikni oshirish va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha ham bir qator yangiliklar joriy qilinadi.

Karp va sovuq suv baliqlari bo‘yicha Vengriya va Norvegiyadagi hamkorlar bilan Yangiyo‘l va Bo‘stonliq tumanlarida 2 ta naslchilik markazi tashkil qilinadi.
Chetdan nasldor ona baliq olib kelish xarajatining yarmi qoplab beriladi. Baliqchilik xo‘jaliklari inkubatsiya, laboratoriya, yopiq suv aylanma tizimlarini import qilishda bojxona bojidan ozod etiladi.
Intensiv baliqchilikni yo‘lga qo‘ygan xo‘jaliklarga yer va mol-mulk soliqlari 2 karra kamaytiriladi.
Aksincha, intensiv usulga o‘tmagan, ko‘llardan samarasiz foydalanayotgan korxonalar uchun yer solig‘i oshirilgan stavkada qo‘llanadi.
Facebook|Instagram|X