Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Bamiya — nafaqat go‘zal, balki foydali o‘simlik

Bamiya — nafaqat go‘zal, balki foydali o‘simlik
Bamiya (yoki gambo, lotincha Hibiscus esculentus) — gulxayridoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘simlik bo‘lib, tashqi ko‘rinishi va gullashi bilan g‘ozaga o‘xshaydi. Barglari qaychi barg, yashil rangda. Bu o‘simlikning vatani — Sharqiy Afrika hisoblanadi. Bamiya navlari asosan ikki guruhga bo‘linadi: tola beradigan va sabzavot sifatida yetishtiriladigan turlar. O‘sish sharoitiga qarab, uning bo‘yi 1,5 metrdan 2,5 metrgacha yetishi mumkin. Hozirda ushbu o‘simlik ustida Milliy markaz tizimidagi Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Institut laboratoriya mudiri Rustam Sulaymonov videolavha orqali bamiyaning xususiyatlari va ilmiy tadqiqot natijalari haqida atroflicha ma’lumot bergan. Telegram Instagram Facebook Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.