Bayram_tadbiri

MUSTAQILLIK BAYRAMIDA MEHR VA E’TIBOR — EZGU QADRIYATLARIMIZ IFODASI
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida mehr va e’tiborga muhtoj insonlar holidan xabar olish, ularga ko‘mak va e’tibor ko‘rsatish xalqimizga xos insonparvarlik, saxovat va mehr-oqibat qadriyatlarining yorqin ifodasidir. Shu ezgu tashabbus doirasida Milliy markaz tizimidagi O'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi jamoasi ham ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olib, ularga bayram kayfiyatini ulashdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube