Bayram_tadbiri

15-oktabr—Xalqaro qishloq ayollari kuni
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida 15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda qishloq xo‘jaligi sohasi, xususan, ilm-fan, seleksiya va urug‘chilik yo‘nalishlari rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlarning fidokorona mehnati, ilmiy izlanishlari va erishayotgan yutuqlari e’tirof etildi.
Bayram munosabati bilan institutda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga samimiy tilaklar bildirilib, ularning kelgusi ilmiy va kasbiy faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube