Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz va mo‘tabar opa-singillar!

Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz va mo‘tabar opa-singillar!
Muhtaram opa-singillar, aziz va qadrli ayollar! 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etaman. Yurtimiz taraqqiyotida, jamiyatimizda mehr-oqibat, sadoqat va ezgulik muhitini mustahkamlashda ayollarimiz, opa-singillarimizning o‘rni beqiyos. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan, agrar ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan opa-singillarimizning mehnati alohida e’tirofga loyiq. Sizning bilimingiz, mehnatsevarligingiz va tashabbuskorligingiz agrar sohaning yanada taraqqiy etishiga xizmat qilmoqda. Shu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, mehnat faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilayman. Har bir xonadonda tinchlik va farovonlik, yurtimizda esa taraqqiyot va barqarorlik davomiy bo‘lsin. Bayramingiz muborak bo‘lsin! Shodmon Namozov Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.