Belsemena”bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti direktori Rustam Nizomovning Belarus Respublikasiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Belarus Respublikasi «Belsemena» respublika birlashmasi bilan yuqori reproduksiyali urug‘lik kartoshka yetishtirish sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumning asosiy maqsadi yuqori reproduksiyali urug‘lik kartoshka yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, soha mutaxassislarining malakasini oshirish, ilmiy va amaliy tajriba almashish hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat.
Hamkorlik doirasida O‘zbekiston mutaxassislari uchun «Belsemena» respublika birlashmasi bazasida amaliy o‘quvlar va stajirovkalar tashkil etish, yuqori reproduksiyali urug‘lik kartoshka yetishtirish texnologiyalarini o‘rganish, urug‘chilik tizimini takomillashtirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda istiqbolli loyihalarni birgalikda ro‘yobga chiqarish rejalashtirilgan.
Mazkur memorandum O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, xususan kartoshkachilik va urug‘chilik sohalaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilg‘or bilim va innovatsion texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishi kutilmoqda.
Shuningdek, ushbu kelishuv mamlakatimizda yuqori sifatli urug‘lik kartoshka yetishtirish hajmini oshirish, mahalliy mutaxassislarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish hamda kartoshkachilik va urug‘chilik sohalarida xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube