Biochar

G‘o‘zapoyadan chiqindi emas, qiymat yarataylik!
G‘o‘zapoyani chiqindi sifatida yoqib yuborish o‘rniga, undan biochar tayyorlab, tuproqqa kiritish va karbon bozori orqali qo‘shimcha daromad olish mumkin.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov o‘zining Facebook’dagi sahifasida g‘o‘zapoyadan biochar tayyorlash va fermerlarni karbon bozoriga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilgan sinov loyihasi natijalari haqida ma’lumot berdi.
2025-yil oktabrda boshlangan loyiha ICAC, AKIS hamda Germaniyaning Bizpando kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilib, unga 782 nafar fermer jalb qilindi.
Loyiha doirasida 2 500 gektar maydonda 706 kub metr biochar tayyorlanib, tuproqqa kiritildi.
2026-yil sentyabr oyida esa 163 nafar fermerga jami 307 million so‘m karbon mablag‘i to‘lab berildi. Ayrim fermerlar 34 million so‘mdan ortiq qo‘shimcha daromad oldi.
Mexanizm oddiy:
G‘o‘zapoya biochar tuproqqa kiritish uglerodni saqlash verifikatsiya karbon krediti fermer daromadi.
Keyingi bosqichda loyihani Germaniyaning Alcon Development, Bizpando va Shvetsiyaning Green Carbon kompaniyalari bilan hamkorlikda respublika bo‘ylab 60 ming gektargacha kengaytirish rejalashtirilgan.
Vazirning bu haqdagi posti bilan to‘liq tanishing:
https://www.facebook.com/share/p/19a59xJ8nn/
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube