Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Biochar—biomassadan yuqori qiymatli resurs yaratishning innovatsion yechimi!

Biochar—biomassadan yuqori qiymatli resurs yaratishning innovatsion yechimi!
Qishloq xo‘jaligida resurslardan samarali foydalanish, organik chiqindilarni qayta ishlash va ulardan foydali mahsulotlar olish zamonaviy agrotexnologiyalarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Milliy markaz tizimidagi akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Navoiy ilmiy-tajriba stansiyasi hamda Respublika agroxizmatlar markazi AKIS ning Navoiy viloyat bo'limi butaxassislari hamkorligida Biochar (bioko‘mir) tayyorlash texnologiyasining ilmiy-amaliy ahamiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda biomassa va qishloq xo‘jaligi chiqindilarini qayta ishlash orqali biochar olish, undan qishloq xo‘jaligida samarali foydalanish hamda mavjud resurslarni yuqori qiymatli mahsulotga aylantirish imkoniyatlari haqida fikr almashildi. Shuningdek, biocharning tuproq unumdorligini yaxshilash, tuproqning fizik-kimyoviy xususiyatlarini optimallashtirish, namlikni saqlash va o‘simliklarning oziqlanish sharoitini yaxshilashdagi imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Bu kabi seminarlar ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, yashil texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda qishloq xo‘jaligida aylanma iqtisodiyot tamoyillaridan foydalanish bo‘yicha tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.