Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tahliliga ko‘ra, sifatli yo‘llar iqtisodiyotimizning kamida 2 foiz o‘sishiga turtki beradi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tahliliga ko‘ra, sifatli yo‘llar iqtisodiyotimizning kamida 2 foiz o‘sishiga turtki beradi.
Avtomobil yo‘llarining sifatini yaxshilash, tranzit salohiyatini yanada oshirish maqsadida besh yillik dastur amalga oshiriladi. Bunda Andijon bilan Qo‘ng‘irotni, Toshkent bilan Termizni, Samarqand bilan Shahrisabzni, Olot bilan Sariosiyoni bog‘laydigan, uzunligi 4 ming kilometr magistral yo‘llar xalqaro talablarga mos “avtoban”larga aylantiriladi. 2026-yilning o‘zida Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo hududidan o‘tgan umumiy foydalanishdagi 300 kilometr yo‘llarda rekonstruksiya ishlari yakunlanadi. Toshkent – Samarqand, Toshkent – Andijon, Toshkent – Bo‘stonliq, Pung‘on – Namangan va Qarshi – Shahrisabz yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan 800 kilometr yo‘llar qurilishi boshlanadi. Endi yo‘llarni loyihalashtirishda aholining fikri, transport qatnovining atrof-muhitga ta’sirini inobatga olish, piyodalar uchun “to‘siqsiz” muhit yaratish bo‘yicha qat’iy talablar qonun darajasida mustahkamlanadi. Facebook|Instagram|X

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.