Biroz oldin, konferensiyaning ma’ruzalar va muhokamalar jarayoni bo’lib o’tmoqda. Ochilish marosimida so’zga chiqqan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi direktori Shuhrat…

Otajonov so’nggi yillarda ilqim o'zgarishi, sho’rlanish, suv resurslarining yetishmasligi muammolari olinadigan hosil hajmining kamayishi va qishloq xo’jaligi mahsulotlarining narxi qimmatlashib ketishiga sabab bo’layotganligi masalasiga to’xtaldi.
“Biz tarmoqqa yangi innovatsiyalarni joriy qilishni hozirdan boshlashimiz kerak. Men sizlarga axborot uchun aytib o'taman, o'tgan yili BAAning Dubay shahrida "World government summit 2023" bo'lib o'tgan edi. Unda 70dan ortiq davlatdan iqlim o'zgarishi yo'nalishida tadqiqot olib borayotgan olimlar ishtirok etib, tadqiqot natijalarini e'lon qilgandi. O'sha tadqiqotlarga ko'ra O'zbekiston 2050-yilga borib qishloq xo'jaligi yuritish qiyin bo'lib qoladigan davlatlar ro'yxatida, ya'ni qizil hududda turibdi. Agar biz qishloq xo'jaligiga hozirgi qarashimizni o'zgartirmasak mavjud imkoniyatlarimiz 2050-yilga borib tugaydi. Hududimizda navlar ham ko'karmay, oziq-ovqat tanqisligi paydo bo'ladi. Bugungi konferensiya bizga kelayotgan ushbu xavfni bartaraf etishga xizmat qilishi kerak. Suv tejovchi texnologiyalar, qurg'oqchilik va sho'rlanishga mos navlar yaratish ustida tadqiqotlar olib borish- davr talabi. Ushbu konferensiya natijasida iqlim o’zgarishi muammolariga yangicha yechimlar topamiz degan umiddaman. Kelgusida konferensiya qatnashchilari, olim va mutaxassislarining salohiyatidan unumli foydalanib, ularning ilmiy izlanishlari natijasini birgalikda amaliyotga joriy qilamiz.” - dedi Sh.Otajonov
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube