Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Bizning_nav

Bizning_nav
Arpaning yangi "Sulton" navi ©Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan. Arpaning "Sulton" navi ertapishar bo‘lib, 200-203 kunda pishib yetiladi, o‘rta bo‘yli (105-107sm), yotib qolishga chidamli. Biologik kuzgi. Sovuqqa chidamliligi o‘rtacha, qurg‘oqchilikka bardoshli. Shuningdek, sariq va qo‘ng‘ir zang kasalligi bilan kasalligiga o‘ta chidamli. Chang va qattiq qorakuya kasalliklariga chidamli. 1000 dona don vazni 47-49gr. Don hajmi og‘irligi 664 g/l, dondagi oqsil miqdori 14,9%. Yuqori agrotexnika sharoitida gektaridan o‘rtacha hosildorligi 50-55 sentnerni tashkil etadi. Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan maydonlarida kuzda ekish tavsiya etiladi. Yetishtirish agrotexnikasi Ekish me’yori: urug‘ gektariga 4,0-4,5 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida. G‘o‘za qatoriga ekilganda urug‘ me’yorni10-15 foiz oshirish kerak. Sug‘orish: nav suvsizlikka chidamli bo‘lib, o‘suv davrida 3-4-martagacha sug‘orish maqsadga muvofiq. Ekish muddati: Respublikaning sug‘oriladigan yerlarida kuzgi muddatda ekish tavsiya etilgan. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.