Bizning_navlar

Qulupnayning mahalliy “Dilnoz” navi
Ushbu nav 2009-yilda Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba dalasida mahalliy “O'zbekiston” hamda xorijiy “Zenga Prikoza” navlarini o‘zaro chatishtirish va yakka tanlash usuli bilan yaratilgan.
Ushbu nav ochiq dalada yetishtirish uchun mo'ljallangan. Vegetatsiyaning boshlanishidan birinchi terimgacha 79 kunni tashkil etadi. Nav bir yilda bir marta hosil beradi.
Mevaning pishish davomiyligi 24 kun.
Mevaning massasi 19-21 gramm.
Hosildorlik 1 gektardan 80,82 sentner.
Barglari to‘q yashil rangda, o‘rtacha kattalikda, chetlari ovalsimon, o‘rtacha yoyiq. Qurg‘oqchilikka, kasalliklarga chidamli.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube