Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

bizning_navlar

bizning_navlar
No`xatning «Obod» navi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan. Issiqlik va qurgʻoqchilikka chidamli, tezpishar nav. No`xatning o‘suv davri 85-90 kun. Urug‘ining biologik pishish davri: 90 kun. Hosildorlik 20,0-24,5 s/ga (2 qatorli egatlarda ekilganda) tashkil etadi. 1000 ta don vazni- 350-380 g. Urug‘ida oqsil- 25-27,5% ni tashkil etadi. Urug‘lari rayonlashgan navlarga nisbatan yirikroq. Yuqori sifatli urugʻ olish uchun ekish meʼyori 1ga/ 40 kg yoki 240-280 ming dona. Tuproq unumdorligini yaxshilaydi. Kuzgi va bahorgi mavsumda ekishga yaroqli bo‘lib, undan yuqori hosil olish mumkin. Respublikaning barcha sugʻoriladigan maydonlarida ekish uchun ruxsat etiladi. Mazkur mahsulot turidan turli xil taomlar tayyorlashda foydalanish mumkin. Bizni birga kuzatib boring: Batafsil Telegram Vebsayt Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.