Bog'dorchilik, oʻrmonchilik va manzarali bogʻdorchilikdagi eng muhim agrotexnik tadbirlaridan biri - butash ishlari. Butash koʻchatlarga, bogʻ va oʻrmonlardagi daraxtlarga shakl berish, shuningdek…

daraxtning kasallangan, keksaygan, singan va ortiqcha novdalarini olib tashlash, qarigan daraxtlarni yoshartirish maqsadida oʻtkaziladi. Shu bois, Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi "Ro'zmamat" fermer xo'jaligida tuman agromaslaxatchisi H.Yusupov tomonidan xo'jalik rahbari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Fermer xo'jaligi hududida 2,6 gektar maydonda meva bog‘i tashkil etilgan. Mutaxassis tomonidan xo'jalik rahbariga daraxtlarning parvarishi, butash va qirqish to‘g‘risida, urug‘ mevali daraxtlarga lidersiz siyraklashgan yarusli shakl berib, singan, g‘ovlagan, kasallangan, qalinlashib ketgan shoxlari va novdalarni butash kerakligi, qarigan dataxtlarni o'rniga yosh ko'chatlarni ekish hamda bog‘ qator oralarini shudgorlab qo'yish, dala madaniyatiga rioya qilish to‘g‘risida maslahat va tavsiyalar berildi.
WEB||Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube