Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Bog‘dorchilik va uzumchilikda mavsumiy agrotexnik tadbirlar muhokama qilindi

Bog‘dorchilik va uzumchilikda mavsumiy agrotexnik tadbirlar muhokama qilindi
Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida bog‘dorchilik va uzumchilik tarmoqlarida kuzgi-qishki agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi mutaxassislari, akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining hududiy ilmiy-tajriba stansiyalari olimlari, mahalliy hokimliklar, Agroxizmatlar markazi mutaxassislari, fermer xo‘jaliklari hamda tuman aholisi vakillari ishtirok etdi. Seminarda eksportbop intensiv bog‘lar barpo etish maqsadida in-vitro usulida yetishtirilgan virus va kasalliklarga chidamli mevali daraxt va tok ko‘chatlaridan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Seminar davomida soha mutaxassislari tomonidan bog‘ va uzumzorlarda kuzgi-qishki parvarish ishlarini olib borish, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda hamda ilmiy asosda amalga oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida hududda istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan aholi vakillariga ilmiy-tajriba stansiyalarida yetishtirilgan mevali daraxt va uzum ko‘chatlari bepul tarqatildi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.