Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb
Yangiliklar

Bog‘dorchilik va uzumchilikda mavsumiy agrotexnik tadbirlar muhokama qilindi

Bog‘dorchilik va uzumchilikda mavsumiy agrotexnik tadbirlar muhokama qilindi

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida bog‘dorchilik va uzumchilik tarmoqlarida kuzgi-qishki agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi mutaxassislari, akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining hududiy ilmiy-tajriba stansiyalari olimlari, mahalliy hokimliklar, Agroxizmatlar markazi mutaxassislari, fermer xo‘jaliklari hamda tuman aholisi vakillari ishtirok etdi.

Seminarda eksportbop intensiv bog‘lar barpo etish maqsadida in-vitro usulida yetishtirilgan virus va kasalliklarga chidamli mevali daraxt va tok ko‘chatlaridan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar davomida soha mutaxassislari tomonidan bog‘ va uzumzorlarda kuzgi-qishki parvarish ishlarini olib borish, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda hamda ilmiy asosda amalga oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida hududda istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan aholi vakillariga ilmiy-tajriba stansiyalarida yetishtirilgan mevali daraxt va uzum ko‘chatlari bepul tarqatildi.

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.