Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Boğdorçilik va ilmiy innovatsiyalar sohasida Germaniya bilan hamkorlik

Boğdorçilik va ilmiy innovatsiyalar sohasida Germaniya bilan hamkorlik
Martina Englhardt-Kopf xonim boşçiligidagi Germaniya delegatsiyasi Milliy markaz tizimidagi akademik M.Mirzayev nomidagi Boğdorçilik, uzumçilik va vinoçilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Uçraşuv davomida institut olimlari va doktorantlarining ilmiy izlanişlari, amaliy işlanmalari hamda erişgan yutuqlari haqida maʼlumotlar berildi. Şuningdek, mehmonlar uçun meva va uzum navlari, vino mahsulotlari hamda ularni qayta işlaş orqali tayyorlangan mahsulotlar körgazmasi taşkil etilib, institutning ilmiy salohiyati va istiqbolli yönalişlari namoyiş qilindi. Muloqot çoğida Özbekiston va Germaniya örtasida boğdorçilik sohasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş, ilğor tajriba va innovatsion texnologiyalar almaşinuvini yölga qöyiş hamda qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.