Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Bu_qiziq

Bu_qiziq
Agrar sohaga oid qiziqarli faktlar Yer yuzidagi ishlatiladigan ichimlik suvining taxminan 70 foizi qishloq xo‘jaligi uchun sarflanadi. Eng ko‘p suv sarflanadigan ekinlar g‘alla, sholi va va paxta ekan. Permakultura – kelajak texnologiyasi: permakultura bugungi kunda qishloq xo‘jaligidagi eng ekologik usullardan biri bo‘lib, tabiatga zarar yetkazmaydigan tarzda oziq-ovqat yetishtirishni maqsad qiladi. Bambuk dunyoda eng tez o‘sadigan o‘simlik ekan. U bir kunda 91 sm gacha o‘sishi mumkin! Undan qurilish, tekstil va oziq-ovqat sanoatida foydlaniladi. Qishloq xo‘jaligida dronlar ekinlar rivojini kuzatish, suv yetkazib berish, hatto zararkunandalarni topish uchun foydalaniladi. Bu usul vaqt va resurslarni tejaydi. Quyosh panellari va qishloq xo‘jaligi: “Agrovoltaika” texnologiyasi quyosh panellarini qishloq xo‘jaligida qo‘llash orqali elektr energiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarishni birlashtiradi. Robotlashgan fermerlik: Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarda robot fermerlar pomidor va sabzavotlarni yig‘ib olish, ularni saralash bilan shug‘ullanadi. Bu ishchi kuchining yetishmasligini kamaytirishga yordam beradi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.