Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Bu_qiziq

Bu_qiziq
Oʻzbekistonda ilk bor yaratilgan ko'p yillik bugʻdoyning navini bilasizmi? Ko’p yillik bugʻdoyning “Hayot” navi Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan. Nav kechpishar va iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi yuqori. Kasallik va zararkunandalarga chidamli. Hosildorligi oʻrtacha 20 s/ga. Navning tavsif va afzalliklari: hosildorlik salohiyati don uchun 1,8-2,4 t/ga, ko’k massa hosildorligi 4,5-6,5 t/ga, yem-xashak sifatida foydalaniladi. Sifat belgilari: oqsil miqdori 19,2%, kleykovina miqdori 39,3%. Biologik xususiyati:duvarak (ikki faslli), 1000 dona don vazni -20-24 gr, o’suv davri 240-250 kun, o’simlik bo’yi 130-140 sm, boshoq uzunligi 18 sm, bitta boshoqdagi don vazni 1,5 gr, soni 40-50 dona, boshoqchalar soni 15-18 ta. Ekishga tavsiya etilgan hududlar: tog' va tog' oldi, shartli sug'oriladigan, hamda o'rtacha sho'rlangan yerlar. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.