Bu_qiziq

NOAN'ANAVIY EKIN —BAMIYA
Bamiya ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, asosan Osiyo, Afrika, Amerika hamda Janubiy Yevropada ekiladi. Tashqi ko‘rinishida g'o‘za o‘simligiga o‘xshaydi. Bamiya mevalari tarkibida uglevod, oqsil, moy, temir, kalsiy, tola, tiamin, ikotinamid, riboflavin va askorbin kislotasi mavjud.
⏩Bamiyani nafaqat sabzavot ekini sifatida, balki quritilgan urug‘lari sabzavotli tvorogni tayyorlash uchun ishlatilishi mumkin yoki qovurilgan va maydalangan urug‘lardan qahva o‘rnini bosuvchi vosita sifatida ishlatsa bo'ladi.
Bamiya mevalari va poyasida qog‘oz sanoatida ishlatiladigan xom tolalar mavjud. Sanoatda bamiya mevalari tarkibidagi shilimshiq moddalar qog‘ozlarni yopishtirish uchun ishlatiladi. Shuningdek, qandolat mahsulotlarini tayyorlash uchun foydali bioabsorbent kabi vositalar olinadi. Bamiyaning poyasi tola olish maqsadida ham yetishtiriladi.
Bamiyaning texnik yetilgan mevalarini qaynatib, qovurib, dudlab boshqa sabzavotlar bilan pishirib yoki o‘zini ham iste’mol qilsa bo‘ladi. Bundan tashqari bamiyadan turli xildagi konservalar tayyorlash mumkin. Bamiya juda ham foydali sabzavot bo‘lib, mevasi tarkibi shifobaxsh vitamin va minerallarga boy.
Uning mevasini doimiy ravishda iste’mol qilinishi natijasida:
– mevasi tarkibida shilimshiq moddalar ko‘p bo‘lganligi sababli oshqozon ichak kassaliklarini davolaydi;
– yurak qon tomirlarini mustahkamlaydi. Gipertoniyaga qarshilikni kuchaytiradi. Qon aylanish tizimini bir me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi;
– nerv faoliyatini yaxshilaydi, undagi magniy elementi asab tizimini mustahkamlaydi;
– Qandli diabetni oldini oladi, qondagi qand miqdorini pasaytiradi;
– mevasi va urug‘lari bepushtlikni davolovchi vosita sifatida ishlatiladi;
– Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda samarali foyda beradi,toksin va shlaklardan tozalaydi;
– Suyaklarni mustahkamlaydi;
– Astma xurujlarini kamaytiradi;
– Tamoq og‘rig‘i va yo‘talni kamaytiradi;
– Ko‘rishni yaxshilaydi;
– Saratonga qarshi xususiyatlarga ega.
Ma’lumot uchun, 2022-yildan boshlab bamiya o‘simligini mahalliylashtirish bilan Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari shug'illanmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEBTelegram Instagram | Facebook |▶ Youtube