Bu_qiziq

Guar (Cyamopsis tetragonoloba) o‘simligi
Guar – dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘tsimon o‘simlik bo‘lib, o‘simlik bo‘yi turli madaniy navlarida 70–200 smni tashkil etadi.
Pishib yetilmagan dukkaklari sabzavot sifatida, pishib yetilgan doni oziq-ovqat, qandolatchilikda va sanoatda keng foydalanadi.
Shuningdek poyasi va doni chorva, parranda uchun to‘yimli ozuqa hisoblanadi. Tuproqni unumdorligini oshirishda esa siderat sifatida foydalaniladi.
Guardan Hindistonda qadimdan diabet, astma, shomollash kasalliklarini davolashda keng foydalanib kelinadi. Uning shifobaxshlik xususiyatlarini zamonaviy tibbiyot ham isbotladi.
Guar – urug‘idan ekstraksiyalash orqali olinadigan guar smolasi (guar smolasi yoki guar saqichi) oziq-ovqat sanoatida mahsulotlar yopishqoqligini oshiruvchi hamda quyuqlashtiruvchi oziq-ovqat qo‘shimchasi sifatida keng qo‘llaniladi. Kimyoviy tabiatiga ko‘ra polimer birikmalar guruhiga kirib, o‘zida galoktozalar qoldiqlarini saqlaydi. Guar o‘ta qattiq va yuqori elastiklik hamda suvda yaxshi erish xususiyatiga egaligi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Yogurtlar, mayonezlar, smetana, sut, kefir, pishloq, souslar, ketchuplar, tez tayyorlanadigan ovqatlar, muzlatilgan dessertlar olishda keng qo‘llaniladi. Guar unidan bug‘doy unining o‘rnini bosuvchi un tayyorlash mumkin, chunki guar unida glyuten moddasi mavjud emas. Bunda guar smolasi organizmda juda sekin o‘zlashtirilganligi uchun odamning to‘yimlilik hissini uzoq vaqt ushlab turadi. Ovqatning o‘zlashtirilishini sekinlashtirishi oqibatida glekemik indeksning pasayishiga olib keladi.
Bundan tashqar guar urug‘idan olinadigan tabiiy tola ham sanoat uchun qimmatli homashyodir. Bundan tashqari uning smolasi – kosmetikada shampun, kremlar va lasonlar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.
Shuningdek, guar smolasi neft burg‘ulash sanoatida ham as qotadi.
Dunyo bo‘yicha 80% guar Hindistonda yetishtiriladi. Shuningdek, Pokistonning shimoli-g‘arbiy qismida, shuningdek AQSHning Texas shtatining yarim qurg‘oqchil hududlarida, hamda Avstraliya va Afrika mamlakatlarida ham ekiladi. Keyingi yillarda Rossiya Federatsiyasining janubiy hududlarida ham ushbu o'simlik ko'p ekilmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube