Bu_qiziq

Fransiyada lavanda yig‘ish jarayoni — haqiqiy ranglar uyg‘unligi!
Lavanda — chiroyli binafsha gullari va yoqimli hidi bilan mashhur o‘simlik. Asosan Fransiya, Italiya, Ispaniya kabi mamlakatlarda ko‘p yetishtiriladi, lekin so‘nggi yillarda bizda ham kichik maydonlarda ekila boshladi.
Foydali jihatlari:
Gulidan olinadigan efir moyi parfyumeriya, kosmetika va aromaterapiyada qo‘llanadi.
Tinchlantiruvchi xususiyatga ega, uyqu sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Quritilgan gullari kiyimlar orasiga qo‘yilsa, yoqimli hid beradi va hasharotlarni haydaydi.
Ba’zi choylar va shirinliklarda tabiiy ta’m va hid beruvchi sifatida ishlatiladi.
Siz lavandadan foydalanganmisiz? Qaysi maqsadda?
Fikringizni izohlarda qoldiring!
Bu videoni lavandachilarga ulashing!
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube