Bu_qiziq

Gulkaram gumusga boy yengil va qumoq tuproqlarda yaxshi oʼsib rivojlanadi. Uning ildiz tizimi kuchsiz rivojlanganligi sababli tuproqda oziq moddalarning koʼp boʼlishini talab qiladi va nitrofil oʼsimlik boʼlib azotli oʼgʼitlarga juda talabchan. Tarkibida nitratlarni koʼp saqlaydi. Nitratlarning ruxsat etilgan miqdori 2000 mg/kg.
Bir tonna bosh hosil qilishi uchun u tuproqdan 9,4-16,2 kg azot, 3,1-4,1 kg fosfor, 12,0-19,1 kg kaliy oladi. Bu oqbosh karamga nisbatan ikki barobar koʼpdir. Oziq moddalarning 70-75% ni u bosh hosil qilish davrida qabul qiladi. Barglar oʼsishi va rivojlanishi davrida u koʼproq azotga, bosh shakllanayotgan davrda esa azot bilan birgalikda kaliy va fosforga talabchan boʼladi. Gulkaram yetishtirilayotgan maydonlarga 4-5 kg/ga ruh va bor moddalari solish yaxshi samara beradi.
Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI