Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Bu_qiziq

Bu_qiziq
Gulkaram gumusga boy yengil va qumoq tuproqlarda yaxshi oʼsib rivojlanadi. Uning ildiz tizimi kuchsiz rivojlanganligi sababli tuproqda oziq moddalarning koʼp boʼlishini talab qiladi va nitrofil oʼsimlik boʼlib azotli oʼgʼitlarga juda talabchan. Tarkibida nitratlarni koʼp saqlaydi. Nitratlarning ruxsat etilgan miqdori 2000 mg/kg. Bir tonna bosh hosil qilishi uchun u tuproqdan 9,4-16,2 kg azot, 3,1-4,1 kg fosfor, 12,0-19,1 kg kaliy oladi. Bu oqbosh karamga nisbatan ikki barobar koʼpdir. Oziq moddalarning 70-75% ni u bosh hosil qilish davrida qabul qiladi. Barglar oʼsishi va rivojlanishi davrida u koʼproq azotga, bosh shakllanayotgan davrda esa azot bilan birgalikda kaliy va fosforga talabchan boʼladi. Gulkaram yetishtirilayotgan maydonlarga 4-5 kg/ga ruh va bor moddalari solish yaxshi samara beradi. Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.