BU_QIZIQ

Brokkoli – karamning juda foydali va mazali turi bo’lib, bu sabzavot bir yoshgacha bo’lgan bolalarga qo’shimcha ovqat sifatida ham beriladi va «XXI mahsuloti» deya ataladi.
Brokkoli – qadimiy zamonlardan iste’mol qilib kelinayotgan sabzavot hisoblaniladi. Bu mahsulotning yovvoyi turi bo’lmagan: olimlarning aniqlashlaricha, karamning bu turi eramizdan oldingi V-VI asrlarda aniqlangan. Eramizdan oldingi I asrda qadimiy rim olimi Piliniy brokkoliga «xudo siylagan o’simlik» deya ta’rif bergan.
Bu karamning 200 dan ortiq turi aniqlangan. Turining ko’pligiga qaramay, Rossiyada bu sabzavotning faqatgina 6 ta navi yetishtiriladi. Yaqinda olimlar uning yangi «Beneforte» degan navini yaratishdi.
Brokkoli ozishni xohlovchi insonlarga tavsiya qilinadi. Ko’pchilik parhez tutuvchilar, asosiy ovqatlari qatoriga brokkolini ham qo’shib iste’mol qiladi. Oxirgi vaqtlarda brokkoli karami Amerikada juda ommalashib ketgan: bir yilda 76 000 tonnagacha karam iste’mol qilinadi!
AKIS UZBEKISTAN