Bu_qiziq

Tuproq muhiti (pH)ning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati
Tuproq reaksiyasi (pH muhiti) – bu tuproqning kislotali yoki ishqoriyligini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u 0 dan 14 gacha bo‘lgan shkalada o‘lchanadi:
pH 7 – neytral;
7 dan past – kislotali tuproq;
7-8 – kuchsiz ishqoriy tuproq;
8 dan yuqori – kuchli ishqoriy tuproq.
Qishloq xo‘jaligida tuproqning pH darajasi juda muhim, chunki u:
O‘simliklar uchun ozuqa moddalarining mavjudligiga ta’sir qiladi;
Mikroorganizmlarning faolligini belgilaydi;
Tuproqning umumiy holatini shakllantiradi.
Ko‘pgina o‘simliklar biroz kislotali yoki neytral tuproqlarda yaxshi o‘sadi, ya'ni pH 6 dan 7,5 gacha bo‘lgan diapazonda. Agar tuproqning pH darajasi bu oraliqdan chetga chiqsa, o‘simliklarning o‘sishi va hosildorligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Kislotali tuproq (pH 6 dan past):
Kalsiy, magniy va fosfor kabi muhim ozuqa moddalarining yetishmovchiligiga olib keladi.
O‘simliklarning o‘sishining sustlashishiga va hosildorlikning pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ishqoriy tuproq:
Kuchsiz ishqoriy tuproq (pH 7-8): Bunday ishqoriy muhin asosan galofit (sho'rsevar) o'simliklar uchun qulay bo‘lishi mumkin, ammo bunday muhitda ayrim ekinlarda ozuqa moddalarining so‘rilishi pasayishi ehtimoli bor.
Kuchli ishqoriy tuproq (pH 8 dan yuqori):
Mikroelementlarning (masalan, temir, marganets, rux) yetishmovchiligiga olib keladi.
O‘simliklar uchun ozuqa moddalarining yomon singishiga sabab bo‘ladi.
Tuproq (pH) muhitini qanday boshqarish mumkin?
pH muhitini pasaytirish (tuproqni kushsiz kislotali (pH = 6-7) qilish):
Ohak (karbonat kaltsiy) qo‘llaniladi.
Uni ekishdan oldin maydon bo‘ylab teng ravishda taqsimlash tavsiya etiladi.
Elementar oltingugurt yoki kislotali o‘g‘itlar (masalan, ammoniy sulfat) ishlatiladi. Bu moddalar tuproqdagi vodorod ionlarini ko‘paytirib, kislotalilikni oshiradi.
Tuproq (pH) muhitini muntazam kuzatib borish va kerak bo‘lsa, uni o‘zgartirish ekinlarning sog‘lom o‘sishini ta’minlaydi. To‘g‘ri pH muvozanati ozuqa moddalarining yaxshi singishiga, mikroblarning faollashishiga va hosildorlikning oshishiga katta hissa qo‘shadi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube