Bug‘doy seleksiyasida yangi imkoniyatlar: O‘zbekiston va CIMMYT hamkorlikni kengaytiradi

AQShda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xalqaro makkajo‘xori va bug‘doy seleksiyasi markazi (CIMMYT) bosh direktori Brem Govards bilan uchrashdi. Muloqotda g‘allachilikni modernizatsiya qilish, ilg‘or seleksiya texnologiyalarini joriy etish va mutaxassislar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Vazir O‘zbekiston bilan hamkorlik uchun CIMMYT rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi. Brem Govards esa mamlakatimiz jadal rivojlanayotganini ta’kidlab, bu o‘zgarishlarga shaxsan guvoh bo‘lganini qayd etdi.
Ayni paytda CIMMYT bilan hamkorlikda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy salohiyatini rivojlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube