Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Bug‘doy zang kasalliklariga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro seminar va trening o‘tkazildi

Bug‘doy zang kasalliklariga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro seminar va trening o‘tkazildi
Toshkent shahridagi Frankfort mehmonxonasi hamda O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida “Bug‘doy zang kasalliklarining oldini olish va boshqarish bo‘yicha milliy strategiya hamda favqulodda choralar rejasi” mavzusida xalqaro seminar va “Bug‘doyning zang kasalliklariga chidamli navlarini yaratish” bo‘yicha trening tashkil etildi. BMTning FAO tashkiloti va Turkiya oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik dasturi doirasida o‘tkazilgan tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, FAOning O‘zbekiston va Turkiyadagi vakolatxonalari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Zang kasalliklari – Markaziy Osiyo uchun tahdid Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bug‘doyning zang kasalliklari mintaqadagi hosildorlikka jiddiy zarar yetkazib, oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda. Ayniqsa, sporalar havo orqali tez tarqalib, bir vaqtning o‘zida bir nechta mamlakatga yuqishi va yirik epidemiologik yo‘qotishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Muhokamalar va istiqbolli rejalar Seminar davomida: Kasalliklarni monitoring qilish, Yangi texnologiyalarni joriy etish, Zaruriy choralarni belgilash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, fermerlar va o‘simliklarni himoya qilish mutaxassislari uchun maxsus o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni tizimli tarzda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Trening doirasida Turkiya va Shvesiyaning yetakchi universitetlari olimlari ishtirok etib, zamonaviy ilmiy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar bo‘yicha ma’ruzalar taqdim etdilar.Mazkur xalqaro hamkorlik Markaziy Osiyoda bug‘doy hosildorligini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.