Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

BUG‘DOYGA O‘ROQ TUSHDI

BUG‘DOYGA O‘ROQ TUSHDI
Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining markaziy tajriba dalasida ekilgan kuzgi yumshoq bug‘doyning o‘ta ertapishar “Ultra” navi o’rib olindi. Mazkur nav rossiyalik olimlar bilan hamkorlikda yaratilgan bo‘lib, undan har gektaridan 75–80 sentnergacha hosil olindi. “Ultra” navining asosiy xususiyatlari — o‘ta ertapisharlik, kasalliklarga chidamlilik va resurs tejamkorligidir. Nav Respublikamizning Markaziy hududlarida 20–25 may, Janubiy hududlarda esa 15 maygacha pishib yetiladi. Ushbu nav erta yig‘ib olingani hisobiga takroriy sabzavot, ozuqa, moyli yoki noan’anaviy ekinlardan ham yuqori va sifatli hosil olish imkoni yaratildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.