Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Bug‘doyning zang kasalliklarga chidamli yangi navi yaratildi

Bug‘doyning zang kasalliklarga chidamli yangi navi yaratildi
O'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida dunyoning 95 mamlakatidan yig‘ilgan bug‘doyning 8826 ta nav-namunalari mavjud bo‘lib, ushbu namunalar abiotik va biotik stress omillarga chidamliligi, qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha bir-biridan farqlanadi. Mavjud bug‘doy genofondidan foydalangan holda institut olimlari tomonidan bug‘doyning global iqlim o‘zgarishlari sharoitida zang va un-shudring kasalliklariga, qurg‘oqchilikka va issiqlikka chidamli bo‘lgan, serhosil “O‘ITI-1” navi yaratildi va ushbu nav joriy yilda Intellektual mulk agentligi tomonidan (NAP 503) patentlandi. Nav Respublikamizning zang kasalliklari keng tarqalgan hududlarida yetishtirish uchun tavsiya etilgan. Navning kelib chiqishi: (KAMB1*2/KIRITATI//BIGDAWG/AP01T2319/3/-BILLINGS) gibrid kombinatsiyasidan individual yakka tanlash yo'li bilan yaratilgan. Sariq va qo'ng'ir zang hamda, un-shudring kasalliklariga chidamli. Yotib qolishga o'rtacha chidamli 7 ball. 1000 dona don vazni - 43,1-44,5 gr. 1 boshoqdagi don soni 65-70 dona; 1 ta boshoqdagi don vazni 2,8-2,9 gr. O'simlik bo'yi 86,8-89,1 sm. Yuqori hosildorlik 105,4 s/ga. O‘suv davri 224-229 kun. Oqsil miqdori 14,4 %; Kleykovina miqdori - 31,8%. Don shishasimonligi 82,6 %. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.