Bugun ham Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining yil yakunlari va istiqboldagi rejalari muhokamasi bo'lib o'tmoqda. Uni Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti boshlab…

berdi.
Ilmiy muassasa rahbari o‘tgan yilda erishilgan asosiy ko‘rsatkichlar haqida tahliliy ma’lumotlarni taqdim etdi. Shuningdek, joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan asosiy vazifalar xususida to‘xtaldi.
Asosiy vazifalar sifatida 2024-yilda ilmiy salohiyatni yanada oshirish, Misr, Xitoy va Pokiston bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish yangi navlarni yaratish va xorijiy navlarni yurtimizga introduksiya qilish hamda patent olish borasida rejalarini ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz. 2022-yil Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatida ingichka tolali paxta yetishtirishni ilmiy asosda amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq tashkil etilgan.