Bugun Milliy markaz rahbariyati tomonidan Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilishi ko'zda tutilayotgan rekonstruksiya va…

modernizatsiya loyihalariga oid taqdimot muhokama qilindi. Bunda institutning jahon andozasiga mos yangi ko'rinishi, laboratoriya, issiqxonalar va boshqa zaruriy bino-inshootlar dizayni haqida takliflar bildirildi.
Shuningdek, 2023-yil davomida Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Andijon va Surxondaryo ITSlari tomonidan 450 ming tup gul va 300 ming tup manzarali daraxtlar ko'chati tayyorlangani va sotuvi tashkil etilgani ma'lum qilindi, endilikda tajriba maydonlarni gul va manzarali daraxt ko'chatchiligiga ixtisoslashgan tadbirkorga ijara huquqi asosida berish taklif qilindi hamda Toshkent viloyat AKISda esa Gulchilar uchun o'quv seminarlar tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.
Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI