Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Bugun Milliy markaz tizimidagi Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Bekmurod Turdishevning tavallud topgan kuni.

Bugun Milliy markaz tizimidagi Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Bekmurod Turdishevning tavallud topgan kuni.
Bekmurod Turdishev o‘zining agrar sohadagi ilmiy faoliyatini 1987-1992 yillarda K.A.Temiryazev nomidagi Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasi talabaligidan boshlagan. Oliygohni tugatgach, ona yurti Qoraqalpog‘istonga qaytib kelib, qishloq xo‘jaligi sohasida turli vazifalarda mehnat qildi. Biroq umrining asosiy qismi va faoliyatini Qoraqalpoq elida dehqonchilik madaniyati va ilmini yuksaltirishga xizmat qilib kelayotgan ilmiy dargoh Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan bog‘ladi. Vatanga sadoqat va katta muhabbat bilan ilmni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. O‘tgan davr mobaynida ushbu ilmiy muassasada ko‘plab shogirdlarga ustozlik qilib, hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos bo‘lgan ekin navlarini yaratishga rahbarlik qilib kelyapti. Katta olim, “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni sohibi Bekmurod Turdishev bugun o‘zining muborak 60 yoshini nishonlamoqda. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati va jamoasi Bekmurod Turdishevni bugungi tavallud kuni bilan samimiy qutlab, uzoq umr, sihat-salomatlik, ilmiy ishlarida muvaffaqiyat va ezguliklar tilab qoladi! Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.