Bugun Milliy markazda "Doktorantlar kuni" seminari bo'lib o'tdi. Taqdimotchi Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti 3-bosqich tayanch…

doktoranti Mubina Po'latova “Danak mevali bog‘larda homoptera turkumiga mansub zararli entomofauna va ularga qarshi kurash choralarini takomillashtirish” mavzusidagi olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari haqida ekspertlarni tanishtirdi.
Yosh olima danak mevali bog‘larda uchraydigan homoptera turkumiga mansub zararli entomofauna vakillarining tur-tarkibi, bioekologik rivojlanishi xususiyatlarini o‘rganish asosida ularga qarshi kurashishning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqishni maqsad qilgan.
Tadqiqotchi Farg'ona va Toshkent viloyatlari mevali bog'larida ilmiy izlanishi olib borib, erishgan natijalari haqida qilgan taqdimoti ustozlar muhokamasiga sabab bo'ldi. Ekspertlar ish sust va belgilangan rejaga muvofiq bormayotgani haqida tanqidiy munosabat bildirdi. Shuningdek, ilmiy asoslangan natijalar bilan boyitish bo'yicha ham taklif va tavsiyalar aytildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube