Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Bugun Milliy markazda Polsha davlatining WSB universiteti prorektori Rafal Rebilas bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Polshalik mehmon uchrashuv tashkil etilganligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib,…

Bugun Milliy markazda Polsha davlatining WSB universiteti prorektori Rafal Rebilas bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Polshalik mehmon uchrashuv tashkil etilganligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib,…
ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, jumladan, ilm-fan sohasidagi hamkorlik rivojlanib borayotgani, Toshkent davlat agrar universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlari ijobiy natijalar berayotganini e’tirof etdi. Shundan so‘ng, WSB universiteti prorektori Rafal Rebilas o‘ziga topshirilgan yuksak vakolatdan foydalangan holda Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonovga universtitetning faxriy professori unvonini topshirdi. Ushbu oliygoh Yevropadagi eng nufuzli universitetlardan bo‘lib, Polshadagi mavjud 460 ta OTM ichida 20-o‘rinni, universitetni xalqarolashtirish bo‘yicha 1-o‘rinni egallaydi. Milliy markaz jamoasi iqtisod fanlari doktori Sh. Otajonovni Polsha davlatining WSB universiteti faxriy professori unvoni bilan samimiy tabriklaydi! Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.