Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Bulduruq — tabiat ne’matimi yoki xavf omili?

Bulduruq — tabiat ne’matimi yoki xavf omili?
So‘nggi kunlarda mamlakatimizning shimoliy hududlari va vodiy viloyatlarida bulduruq hodisasi kuzatilmoqda. Mutaxassislar bu jarayon yana bir necha kun davom etishi mumkinligini bildirgan. Qish faslida ayrim hududlarda tez-tez uchraydigan bulduruq – tumanli va sovuq kunlarda havodagi suv bug‘larining bevosita kristallanishi natijasida hosil bo‘ladigan muz qatlamidir. Ushbu hodisa qishloq xo‘jaligi uchun ham foydali, ham ehtiyot choralarini talab etadi. Bulduruq paytida havo haroratining keskin pasayishi zararkunandalar va kasallik qo‘zg‘atuvchilarining kamayishiga olib keladi. Bu esa bahor mavsumida ekinlarda kasalliklar tarqalish xavfini pasaytiradi. Shuningdek, u sekin erib, tuproqning yuqori qatlamini namlantiradi va ayniqsa lalmi yerlardagi kuzgi hamda qishki ekinlar uchun foydali hisoblanadi. Biroq kuchli va uzoq davom etgan bulduruq ayrim nozik ekinlar, xususan, yosh ko‘chatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘ta past harorat o‘simliklarda sovuq urish holatlarini kuchaytiradi. Chorvachilikda ham bulduruq ikki tomonlama ta’sirga ega: sovuq havo parazitlarni kamaytirsa-da, yaylovlarning muz bilan qoplanishi chorva mollarining oziqlanishini qiyinlashtiradi. Shu bois mutaxassislar bulduruq kuzatilgan kunlarda chorva mollarini pana joylarda saqlash, ozuqa zaxirasini ta’minlash hamda ekinlarni muhofaza qilish choralarini ko‘rishni tavsiya etadilar. Umuman olganda, bulduruq qishloq xo‘jaligi uchun bir vaqtning o‘zida ham tabiiy yordam, ham sinovdir. Uni to‘g‘ri baholab, salbiy ta’sirlarini o‘z vaqtida kamaytirish muhimdir. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.