Buxoro: ilm va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash ustuvor vazifa

Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari mas’ullaridan iborat ishchi guruh Buxoro viloyatidagi ilmiy-tajriba stansiyalari faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida yangi ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish sur’atlari, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish darajasi hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi holati atroflicha tahlil qilindi.
Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayotgani qayd etildi. Mutasaddilar tomonidan ilmiy ishlanmalarni real sektorga tezkor joriy etish, shuningdek, ilmiy muassasalar va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
ℹ Ta’kidlanganidek, ilm-fan natijalari amaliyotga tatbiq etilmas ekan, kutilgan samaradorlikka erishib bo‘lmaydi. Shu bois, ilm va ishlab chiqarish uyg‘unligini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram