Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

BUXORO VA XORAZMDA HAM "SMART ISSIQXONA" QURILADI

BUXORO VA XORAZMDA HAM "SMART ISSIQXONA" QURILADI
Avvalroq O‘zbekistonda “Koreyaning agrar sohaga oid texnologiyalarini transfer qilish ofisi” ochilishi haqida xabar bergan edik, unda Koreya savdo-sanoat va energiya vazirligi, Koreya mashinasozlik sanoati assosiatsiyasi (KOAMI), Texnologiyalarni rivojlantirish instituti (KIAT), CAMTIC ilg‘or mexatronika texnologiya instituti va “Agro Solution Korea” kompaniyalari tomonidan Janubiy Koreyaning so'nggi avlod texnika va texnologiyalarini O'zbekistonga olib kelinishi ma'lum qilingan edi. Bugun Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov loyihani amalga oshiruvchi mas'ul vakillar bilan uchrashuv o'tkazdi. Mazkur hamkorlik doirasida ayni kunlarda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi binosi qoshida ofis qurilishi amalga oshirilmoqda. Ertaga ya'ni 26-sentabr kuni Janubiy Koreya davlatidan eng ilg'or texnologiyalar va jihozlar O'zbekistonga yuborilishi va noyabr oyi o'rtalarida yetib kelishi haqida loyiha kordinatorlari ma'lum qildi. Yil yakuniga qadar ushbu ofis kerakli barcha sharoitlar bilan ta'minlangan holda ish boshlashga tayyor bo'ladi. Shuningdek, loyiha doirasida Samarqand viloyatida 0.20 ga yer maydonda zamonaviy issiqxona qurib bitkazilib, Koreyadan keltirilgan qulupnay ko‘chatlari parvarishlanmoqda. Toshkent viloyatida ham zamonaviy issiqxona o'z ish faoliyatini boshladi. Endilikda Buxoro va Xorazm viloyatlarida ham zamonaviy issiqxona qurilishi uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.