Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Buxoroda mobil agroxizmat ko‘rsatish markazi faoliyat boshladi

Buxoroda mobil agroxizmat ko‘rsatish markazi faoliyat boshladi
Buxoro viloyatida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida zamonaviy mobil agroxizmat ko‘rsatish markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Loyiha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Bu esa markaz faoliyati xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlarga asoslanganini ko‘rsatadi. Mazkur mobil agroxizmat markazi orqali joylarda agronomik maslahatlar berish, tegishli ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda tuproq va ekin holatini tahlil qilishga ko‘maklashish, resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, raqamli yechimlardan foydalanishga ko‘maklashish kabi qator muhim xizmatlar ko‘rsatiladi. Eng muhimi, bu xizmatlar fermer va dehqonlarga bevosita yaqinlashtiriladi. Ya’ni ilmiy-tadqiqot institutlarida yaratilgan yangi ekin navlari, ilmiy ishlanmalar, agrotexnikalar, bilim va maslahatlar bevosita ishlab chiqarishga tatbiq etiladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bilim va innovatsiyalarni bevosita ishlab chiqarishga integratsiya qilish qishloq xo'jaligida samaradorlikni oshiradi. Markazning ochilish marosimida Respublika agroxizmatlar markazi, Buxoro viloyati hokimligi mas’ullari, olimlar, mutaxassislar, fermerlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.